Blatter va Platini firibgar emas

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini firibgarlik ishi bo'yicha Shveytsariya sudi qaroriga ko'ra oqlandi.

1998 yil FIFA prezidenti etib saylangan Blatter, 2002, 2007, 2011, 2015 yillarda lavozimga qayta saylangan. Biroq korrupsiya bilan bog'liq ishlar tufayli 2016 yil 26 fevral kuni uning o'rnini FIFAning hozirgi prezidenti Janni Infantino egallaydi. 

Platini esa 2007 yil yanvaridan to 2016 yil 14 sentyabrga qadar UEFA prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.  

Eslatib o'tamiz, mutaxassislar shuningdek mablag'larni o'zlashtirsh, samarasiz rahbarlik va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: