Beyl "Kardiff" qarorgohiga tashrif buyurdi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2022, 00:55
"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl "Kardiff" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Chorshanba tongida 32 yoshli vinger "Kardiff" mashg'ulot qarorgohiga tashrif buyurgan va jamoa bosh murabbiyi Stiv Morison bilan suhbat olib borgan.

Uelslik futbolchi yaqin kunlar ichida jamoa tarkibiga o'tishga rozilik bergan. Ayni damda u erkin agent maqomida bo'lib turibdi.

Oldinroq futbolchi "Kardiff"ga transferi uchun eng minimal maoshga o'ynashga rozilik berayotgani borasida ma'lumotlar aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal