"Benfika" vingeri Prestianni Vinisiusning aybloviga javob berdi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 17:20
"Benfika" futbolchisi Janluka Prestianni Madridning "Real" jamoasi vingeri Vinisius Junior unga nisbatan bildirgan irqchilikka oid aybloviga munosabat bildirdi.

"O'z poziciyamni aniq aytmoqchiman: hech qanday holatda Vinisiusga nisbatan irqchilikka oid so'zlar ishlatmadim. U eshitganini noto'g'ri talqin qildi. Men hech qachon hech kimga nisbatan irqchilik qilmaganman va shu epizoddan keyin "Real" muxlislari tomonidan tahdidlarga duch kelganimdan afsusdaman", – dedi futbolchi.

"Benfika" – "Real" (0:1) uchrashuvining ikkinchi taymida Vinisius Junior hakamga murojaat qilganidan so'ng o'yin vaqtincha to'xtatilgandi. Braziliyalik o'yinchi Prestianni go'yo uni irqiy haqorat qilganini aytgan.

Avvalroq "Benfika" Prestiannini himoya qilib chiqqan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano