"Bavariya" Viktor Osimxenni sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
15 fev 2026
"Bavariya" "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda.

Nigeriyalik hujumchi Myunxen klubi tomonidan hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda. "Bavariya" rahbariyati uning transfer imkoniyatlarini baholamoqda va vaziyatni kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, Osimxenga Yevropaning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda, shu bois futbolchi uchun kurash yaqin transferlar davridayoq boshlanishi mumkin.

Hujumchi joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda 15 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 27 yoshli futbolchining narxini 75 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur