"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
14 noya 2025
Manuel Noyer yana bir mavsum "Bavariya"da o'ynashi mumkin.

"Bild" ma'lumotiga ko'ra, klub 39 yoshli posbonga yana bir mavsumlik shartnoma taklif qilmoqda.

Darvozabon esa o'z holatiga qarab, o'z qarorini ma'lum qilmoqchi. U eng kamida yangi yil bayramigacha kutishni, bir qancha muddatni jarohatsiz o'tkazishni istamoqda.

"Bavariya"dagilar posbon 2026 yil yozida faoliyatini yakunlashiga ishonmayapti, shu bilan birgalikda unga shartnomani uzaytirish bobida hech qanday bosim uyushtirishni istamayapti.

Noyer "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 532 o'yinida qatnashib, 448 marta gol o'tkazib yuborgan, 243 o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild