Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" o'z uyida "Fenerbaxche" bilan durang o'ynadi, Shomurodov va Fayzullaev ilk daqiqalardan maydonda tushdi

Alisher Ostonov
7 dek 2025
Turkiya Superligasi 15-tur doirasidagi "Bashakshexir" - "Fenerbaxche" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar himoyachisi Milan Shkrinyar 64-daqiqada hisobni ochdi. Bertug' Yildirim 81-daqiqada bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga durang taqdim etdi.

“Bashakshexir” safida hujumchi Eldor Shomurodov 90 daqiqa harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushiB, 71-daqiqada almashtirildi. Hamyurtimiz shuningdek 46-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia