"Barselona" Xavini ishdan bo'shatadi

Sherzod Nurmatov
17 may 2024
Matbuotda "Barselona" nima uchun kutilmaganda Xavi Ernandesni bosh murabbiylikdan bo'shatishga qaror qilgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassisning kyetishi yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan so'ng ma'lum qilingandi.

"Diario AS" xabariga ko'ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta so'nggi bir necha transfer oynalarida juda yaxshi o'yinchilarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lganiga ishonmoqda. Laportaning so'zlariga ko'ra, Xavi doimiy ravishda transferlardan noligan va yangi kelganlardan to'g'ri foydalana olmagan. "Almeriya" bilan o'yin oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Ernandes "Barselona"ning kelajagi haqidagi savolga pessimistik tarzda javob bergani ham Joanni g'azablantirgan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsum  Xavi boshchiligida La Ligada g'olib chiqqan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RAC1