"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Messi ketadi"

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 17:52
"Barselona" prezidentligiga nomzod Augusto Beneditoning aytishiga ko'ra, hujumchi Leo Messi ushbu transfer oynasi vaqtida jamoani tark etadi.

"Bartomeu Messining kyetishiga qo'yib beradi. Bu buyuk hikoyaning tragik yakuni bo'ladi. Uning kyetishiga ishonyapman. Messi hozirgi "Barselona"dan mamnun emas", - dedi Augusto.

Qayd etish kerak, "Barselona" prezidentligi uchun saylov iyun oyida bo'lib o'tishi kerak edi. Pandemiya sababli bu saylov kechiktirilmoqda. Hozirda saylovda Viktor Font nomzodi favorit bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal