"Barselona" "Chelsi" himoyachisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 may 2025
"Chelsi" himoyachisi Ris Jeymsga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi futbolchini shu yozda sotib olishni ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Jeymsning transferi uchun 25 mln funt taklif qilishga tayyor.

Avvalroq kataloniyaliklar "Inter" futbolchisini sotib olish niyatida ekanligi xabar qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive