“Barselona” bunday natijani YCHLda 3-marta qayd etdi

Kataloniya klubi o'z maydonida Praganing “Slaviya”si bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

“Barselona” shu tariqa YCHLdagi ishtiroki davomida o'z maydonida uchinchi marta kuchli beshlik chempionati vakili bo'lmagan klub darvozasini ishg'ol qila olmadi. Jamoa bunga qadar “Benfika”ni 2012 yilda mag'lub eta olmagan (0:0). Bundan tashqari 1997 yilda Kievning “Dinamo”siga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.


Manba: Squawka