"Barselona" afsonasi Turkiyada ish boshlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023, 11:04
"Ayaks", "Milan" va "Barselona" klublari sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert Turkiyada ishlaydi.

Ma'lumotlarga qaraganda, gollandiyalik mutaxassis "Adana Demirsport" boshqaruvini qo'lga oladi. Klub Klyuyvert bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Patrik Klyuyvertning so'nggi ish joyi Kyurasao termasi bo'lib, mutaxassis 2021 yil ushbu jamoani tark etgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal