"Ayntraxt"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2026
Albert Riera "Ayntraxt" boshqaruvini qo'liga oldi.

43 yoshli murabbiy Dino Toppmellerning o'rnini egalladi va 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U dushanba kunidan bosh murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

Ayni damda u "Cele" jamoasini boshqarmoqda. Yakshanba kuni jamoasi Sloveniya chempionatida uning qo'l ostidagi so'nggi o'yinini "Maribor"ga qarshi o'tkazadi. "Cele" hozircha mamlakat chempionati turnir jadvalida taqibchisidan 12 ochkoga o'zib ketgan holda peshqadamlik qilib turibdi.

Riera futbolchilik faoliyati davomida "Manchester Siti", "Liverpul", "Olimpiakos", "Galatasaroy" kabi nomdor jamoalar tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eintracht.de