Axmad Musa Saudiya Arabistonida to'p tepadi

3 avg 2018, 07:50
SSKA jamoasining sobiq hujumchisi Ahmad Musa keyingi faoliyatini Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga ko'chib o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar berdi.

Saudiya klubining saytining xabariga ko'ra, 25 yoshli nigeriyalik futbolchi bilan to'rt yillik shartnoma tuzilgan.

Xabarlarga ko'ra, ushbu transfyerdan “Lester” 19 million dollar ishlab oladi. Agar Musa jamoada muvaffaqiyatli to'p tepa olsa, bu summa 39 million dollarga yetishi mumkin.

Nigeriyalik hujuchi yangi jamoada 7-raqamda to'p tepmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Musa o'tgan mavsumda “Lester” tarkibida maydonga tushmadi va zaxirada qoldirildi. Qishda inglizlar futbolchini SSKAga ijaraga berishdi. Moskva klubida hujumchi 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.


Manba: championat.com