"Atletiko" 40 mln evrolik transferni amalga oshirmoqda

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"Atletiko" "Atalanta"ning 28 yoshli hujumchisi Ademola Lukman bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano yozmoqda.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.

Lukman "Atalanta”ga 2022 yilda "Lester"dan o'tgandi. Bu mavsumda forvard A Seriyada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano