Atletik afsonasi Iker Muniain yozda jamoadan kyetishini ma'lum qildi

Khoja
25 apr 2024
Iker Muniain asosiy jamoadagi 15 mavsumidan so'ng "Atletik"ni tark etadi.

U buni rasman e'lon qildi.

"Atletik", sen mening hayotimdagi eng yaxshisisan. Ammo endi, muhabbatim, bizning ajralish vaqtimiz keldi.

"Atletik" Muniain bilan 40 yil kutgan Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

31 yoshli futbolchi Bilbao jamoasi safida 2009 yildan beri harakat qilib keladi. U jamoasi safida barcha musobaqalarda 557 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 75 ta gol va 70 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/uz_eksport