“As-Saad” – “Laxviya” o'yinini Ravshan Ermatov boshqaradi

Aslanov Jasurbek
18 may 2015, 11:20
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/16 final bochqichi doirasidagi “As-Saad” (Qatar) – “Laxviya” (Qatar) uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

19 may kuni Dohada bo'lib o'tadigan uchrashuvda Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida ishlasa, unga  qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi.

Ma'lumot uchun, Qatarning “Laxviya” klubi “A” guruhida 13 ochko to'plab, birinchi o'rin bilan keyingi bochqichga yo'l olgan. Bu guruh o'yinlarida O'zbekistonning “Bunyodkor” klubi ham ishtirok etgandi. “As-Saad” ikkinchi o'rinni egallab, 1/16 bosqichiga yo'l olgan “S” guruhida esa “Lokomotiv” qatnashgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com