Artur operaciyani boshidan o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2021
Artur jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi.

"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Artur Melo o'ng oyog'ini operaciya qildirgani haqida gapirib berdi.

"Hammasi yaxshi o'tdi. Juda baxtliman. Maydonga tushish uchun tezroq og'riqni unutishni xohlayman. Tez orada maydonga qaytaman deb o'ylayman", -deb yozadi Artur Melo.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2020 yilning oxirida jarohat olgandi va shunga qaramay futbol o'ynashda davom etgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.instagram.com/arthurhmelo