Arteta qo'rg'oni: "Arsenal"dan dahshatli natija!

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 13:34
Londonning "Arsenal" klubi joriy mavsumda himoyalanish borasida barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Mikel Arteta shogirdlari Angliya liga Kubogi yarim finalida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) orqali mavsumdagi 20-quruq o'yinini o'tkazishdi.

Raqamlar nima deydi?

- Joriy mavsumda "kanonirlar" barcha musobaqalarda jami 38 ta o'yinda maydonga tushishdi.

- Ushbu uchrashuvlarning roppa-rosa 20 tasida raqiblar "Arsenal" darvozasiga yo'l topa olishmadi.

Mikel Arteta davridagi eng yaxshi ko'rsatkich bundan ikki mavsum avval qayd etilgan bo'lib, o'shanda londonliklar 23 ta o'yinda gol o'tkazib yuborishmagan edi. Mavsum hali davom etayotganini inobatga olsak, "Arsenal" o'z rekordini yangilashi ehtimoli juda yuqori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports