Arslanmirat Amanov "Lokomotiv"dan ketdi

Alisher
8 yanv 2020
"Lokomotiv"ning turkmanistonlik yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov shartnoma muddati yakuniga etganligi sababli jamoadan ketdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Amanov "Lokomotiv" bilan birga BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga yo'l olmagan edi.

Futbolchi "Loko" safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Turkmaniston terma jamoasi sardori "Lokomotiv"ga 2019 yilning fevral oyida kelgan edi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/turkmensporty