"Arsenal" Zelinskiga qiziqmoqda

Alisher
2 iyul 2021, 10:16
Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Petr Zelinski yozgi transfer oynasida "Napoli"dan kyetishi mumkin.

Londonning "Arsenal" klubi 27 yoshli polshalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'yinchining neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt polyakni 50 mln evroga baholamoqda.

Zelinski 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 13ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TVP Sport