"Arsenal" futbolchisi operaciya qilindi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2020
"Arsenal" matbuot xizmati himoyachi Shkodran Mustafining holati haqida gapirdi.

28 yoshli germaniyalik futbolchi oyog'ining son qismidan operaciya qilindi. Katta ehtimol bilan u oktyabr oyida safga qaytadi.

"Angliya Kubogini ikkinchi marta o'tkazib yuboryapman. Asosiysi operaciya yaxshi o'tdi. Oson taslim bo'lmayman. Tezroq tiklanishga harakat qilaman", deb yozadi futbolchi tvitterida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/mustafiofficial