"Arsenal" Evro yarim finalchisi transferini hal etdi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2025
"Arsenal" va "Brentford" o'tgan haftada 31 yoshli daniyalik yarim himoyachi Kristian Nyorgor kelishuvi bo'yicha barcha hujjatlarni almashdi.

"Tibbiy ko'rikning ikkinchi qismi ham yakunlandi, shartnoma imzolandi, keyinroq rasmiy xabar chiqadi", – deb yozdi Fabricio Romano.

Evro-2020 yarim finalchisi Nyorgor 2019 yildan beri "Brentford" jamoasida o'ynab kelmoqda. Bungacha u "Lyungbyu", "Gamburg", "Brondbyu" va "Fiorentina" ranglarini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano