"Arsenal" "Chelsi"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Londonning "Arsenal" klubi Angliya liga Kubogi yarim finali doirasidagi ikki o'yin natijasiga ko'ra "Chelsi"ni mag'lub etib, turnir finaliga yo'l oldi.

"Emireyts" stadionida kechgan javob bahsida ham "kanonirlar" 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvda ham "Arsenal"ning qo'li baland kelgan edi - 3:2.

O'yin tafsilotlari:

Uchrashuv taqdirini 90+7-daqiqada Kay Xaverc tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Germaniyalik futbolchi o'z sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, "ko'klar"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Endi "Arsenal" 22 mart kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadigan finalda "Manchester Siti" - "Nyukasl" juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi.

Ma'lumot uchun, Angliya liga Kubogining amaldagi sohibi "Nyukasl" hisoblanadi. "Qarg'alar" o'tgan yili finalda "Liverpul"ni mag'lub etib, o'z tarixlarida ilk bor ushbu sovringa ega chiqishgan edi.

Angliya Liga kubogi. Yarim final, javob o'yini

"Arsenal" - "Chelsi" (Birinchi o'yin - 3:2)

"Arsenal": 13. Kepa Arrisabalaga (D), 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel, 5. Pero Inkape, 12. Yurrien Timber, 41. Deklan Rays, 36. Martin Subimendi, 10. Eberechi Eze, 20. Noni Madueke, 11. Gabriel Martinelli, 14. Viktor Dyokeresh.

"Chelsi": 1. Robert Sanches (D), 27. Malo Gyusto, 29. Uesli Fofana, 23. Trevo Chaloba, 21. Yorrel Xato, 3. Mark Kukurelya, 25. Moyses Kaysedo, 17. Andrey Santos, 8. Enco Fernandes (S), 20. Joau Pedru, 9. Liam Delap.





Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia