Arda Gyuler: "Alonso darvozada turasan desa, qo'lqop sotib olaman"

Administrator
16 okt 2025, 00:24
Futbolchi murabbiyga to'liq ishonishini aytdi.

"Real Madrid" klubi futbolchisi Arda Gyuler bosh murabbiy Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.

"Menga "Bayer"ning o'yin uslubi yoqardi. Uning futbolida [himoya bosqichida] raqib yarim maydonida ko'pincha yakkama-yakka qolasan, bu personal pressingga o'xshagan narsa. Buning uchun xarakter, tajovuzkor fikrlash kerak.

Qanday bo'lmasin, men uning rejalariga to'liq ishonaman. Agar bir kuni u mendan darvozaga turishni so'rasa, qo'lqop sotib olaman," - dedi yarim himoyachi.


AdministratorMuallif
Manba: L’Equipe