

"Sky Sports" ma'lumotlariga ko'ra, Turinning "Yuventus" jamoasi 28 yoshli fransiyalik hujumchi masalasida "Kristal Pelas"ga rasmiy so'rov yuborgan.
Xabar qilinishicha, turinliklar markaziy hujumchi poziciyasini kuchaytirishni istamoqda va bosh murabbiy Luchano Spalletti Matetaning nomzodini shaxsan maqullagan.
Ayni paytda "Yuventus" futbolchini qishki transfer oynasida safiga qo'shib olishga umid qilmoqda. Biroq "Kristal Pelas" bu ssenariyga shubha bilan qaramoqda va fransiyalik forvardning kyetishi faqat yozda amalga oshishi mumkinligini bildirmoqda.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi ushbu mavsum "Pelas" safida 32 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning "Kristal Pelas" bilan amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo'ljallangan.



