

"Agar futbolchi simulyaciya qilsa va hakam buni payqab qolsa, futbolchiga sariq kartochka ko'rsatiladi. Ammo har doim ham referi ushbu holatni ko'ra olmaydi. O'tgan haftada "Tottenxem" xavbeki Dele Alli "Suonsi Siti"ga qarshi bahsda Jonatan Mossni aldadi. Mayk Jons Robert Snodgrassning simulyaciyasini ko'rmadi va penalti belgiladi.
Ishim bolalar futboli bilan bog'liq va ular kumirlariga tanqid qilib, simulyaciya ishlatayotganini ko'rdim. Bu bilan kurashish kerak. Simulyantlarni jazolash vaqti keldi" - deydi Xakett.
