

"Har bir o'yin o'ziga yarasha qiyinchiliklar tug'diradi. Shuni o'zgartirishga harakat qildik. Ikkala taymdagi ikkita jarohat va majburiy o'zgarishlar rejalarimizni buzib yubordi. Bundan yaxshiroq o'yin kutgandim. Bizda yanada kuchliroq bo'lish uchun imkoniyat bor. O'ylaymanki barchasi yaxshilikka", - dedi Anvar G'ofurov.
- Darvozabon Davron Merganov jiddiy jarohat oldi va uning hozirgi holati qanday?
- U yerda raqib butsaning tishlari bilan darvozabonimizning tizzasiga harakat qildi. Menimcha bu vaziyat uchun sariq kartochka kam. Bunday vaziyatlar va bunday qarorlar kamroq bo'lishi kerak.
- Behruz Karimov va Chineduning zaxirada qoldirilishiga nima sabab bo'ldi? Ularda jarohat bormidi?
- Ularda jarohat yo'q edi, shunchaki ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirish uchun reja edi. Aprel oyida o'yinlar juda ko'p, shu bois futbolchilarga dam beryapmiz.
- Futbolda omad qanchalik ta’sir qiladi natijaga?
- Men o'zimdan oldingi murabbiyning ishiga baho bermayman. O'ylaymanki balki futbolchilarga hozirgi talablar yoqmoqda, balki bu ham o'z ta’sirini o'tkazayotgandir. Futbolda omad ham kerak.
- Tajribali murabbiylardan nimlarni o'rgangansiz?
- Har bir raqibni o'rganib chiqamiz va shunga qarab o'zimizga kerakli reja ishlab chiqamiz. Rostini aytsam Vadim Abramovning o'yinlarini maza qilib ko'raman. Ko'proq chet ellik murabbiylarning o'yin uslubidan o'rganishga urinaman.
- Karimovning jarohati sizni tashvishga solmayaptimi? Chinedu o'tgan o'yindan keyin to'purar bo'lishga urinaman degandi. Bunga qanchalik ishonasiz?
- Behruzning jarohati albatta havotirga solmoqda. U klubimizga, terma jamoamizga kerakli futbolchi. Har bir futbolchi nima bo'lishidan qati nazar to'xtab qolmaslishi kerak. Shifokorlar ko'rigidan keyin nimadir ayta olaman. Chineduning potenciali yuqori. Ishonamanki u bundan kuchliroq o'yin namoyish eta oladi. O'yinlar orasi qisqa bo'lgani uchun qaysidir futbolchining potecialini ochib berish qiyin, asosiy urg'u tiklanishga qaratiladi. Zaxira? Har bir futbolchiga ishonaman, ularning professional shartnomasi bor. Hammaga imkoniyat beraman, foydalanish futbolchining o'ziga bog'liq.
Bugun stadionga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman.




