Anvar Berdiev: "O'yin vaqtini kechroqqa surish bo'yicha rahbariyat bilan gaplashamiz"

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2024, 21:28
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Olimpik MobiUZ" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- O'zbekiston ahlini Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Yigitlarga bugungi o'yin uchun raxmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi va g'alabaga erishdik. Bu o'yinni unutib, keyingisiga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Mashg'ulotlarda ishlangan rejalar o'z natijasini berdimi?

- Albatta, hisob 3:0 bo'lsa, qaysidir manoda mashg'ulotlarda ishlangan uslublar natija bergan bo'ladi. Har mashg'ulotlarda ishlaymiz, o'yinda raqib ham bizga qarshi turadi. Qayerdadir uslublar o'yindan kelib chiqib tanlanadi.

- Bugungi o'yin 18:00 da belgilandi. Issiq ob-havoda futbol o'ynash qiyin baribir. O'yin vaqtini sal kechroqqa surish bo'yicha rahbariyat bilan gaplashib ko'rdingizmi?

- Yaxshi savol berdingiz, buni inobatga olamiz. Rahbariyatdan iltimos qilib ko'ramiz. Hohlaysizmi-yo'qmi, issiq ob-havoda futbol o'ynash qiyin.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia