Alisson navbatdagi mukofotni qabul qilib oldi

Alisher
28 fev 2020
"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker Samba Gold mukofotini ko'lga kiritdi.

Ushbu mukofot Yevropada o'ynayotgan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga beriladi.

27 yoshli darvozabon ushbu mukofotni mersisaydliklar o'quv-mashg'ulot bazasida qabul qilib oldi. Mukofot Sambafoot internet-portali tomonidan tasis etilgan va har yili beriladi.

"Liverpul" o'yinchisi 35,54% ovoz oldi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni esa Roberto Firmino (23,48%) va Tyago Silva (10,46%)lar band etgan.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.tv