"Real"ni Kubokdan chiqarib yuborgan "Albasete" "Barselona"ga mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Ispaniya Kubogining chorak finalida amaldagi chempion "Barselona" safarda kutilmagan natijalar qayd etayotgan "Albasete" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'yinning asosiy voqealari:

- 39-daqiqada "ko'k-anorranglilar" yulduzi Lamin Yamal hisobni ochdi.

- 56-daqiqada himoyachi Ronald Arauxo kataloniyaliklarning ustunligini mustahkamladi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar himoyachisi Xavi Moreno bitta javob golini urdi, biroq bu "Albasete"ni qutqarib qolishga yetmadi.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi divizion vakili bo'lgan "Albasete" 1/8 finalda Madridning "Real Madrid" klubini (3:2) musobaqadan chiqarib yuborib, katta shov-shuv ko'targan edi. "Barselona" esa ushbu bosqichga "Rasing"ni mag'lub etib yetib kelgandi.

Ma'lumot uchun, "Barselona" Ispaniya Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda ham "Real Madrid"ni mag'lub etishgan edi.

Ispaniya Kubogi. Chorak final

"Albasete" - "Barselona"

"Albasete": 1. Lizoain (D), 4. Agus Medina, 27. Bernabeu, 26. Kapi, 2. Lorenco, 17. Melendes, 5. Moreno, 21. Neva, 6. Pacheko, 7. Puertas, 18. Vilyar.

"Barselona": 13. Garsiya (D), 4. Arauxo, 22. Bernal, 2. Kanselu, 21. de Yong, 24. Garsiya, 10. Lamin Yamal, 9. Levandovski, 18. Martin, 20. Olmo, 14. Reshford.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia