"Alaniya" bosh murabbiyi Oleg Vasilenko bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023
Murabbiy va klub o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi.

Oleg Petrovich shu yilning mart oyi oxirida jamoa boshqaruvini qo'lga olgandi. Uning qo'l ostida qizil-sariqlar 31 ta o'yin o'tkazib, 14 ta g'alabaga erishib, 11 ta durang va 6 bor mag'lub bo'lishdi. 

"Alaniya" futbol klubi Oleg Petrovichga bajarilgan ishlar uchun tashakkur deydi va uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!" - deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, "Alaniya" safida o'zbekistonlik futbolchi Husayn Norchaev harakat qiladi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcalania