

Qishki transferlar oynasida BMB futzal jamoasi o'z safiga yana bir braziliyalik iqtidorli futzalchi Alan Estrela Da Silvani qo'shib olgan edi.
17 yanvar kuni braziliyalik futzalchi Alan O'zbekistonga yetib keldi. Kuni kecha klub prizidenti Bekzod Mamatqulov futzalchi bilan uchrashdi. BMB futzal jamoasining mavsumdagi vazifasi, kelajakdagi reja va maqsadlari bilan tanishtirildi.
Alan o'z mahorati va tajribasini O'zbekiston futzal sport turini rivojlantirishga qaratishni aytib o'tdi.






