Akbarov va Hasanov “Navbahor”dan kyetishga qaror qilishdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2015, 15:33
So'nggi mavsumni jamoamizda o'tkazgan himoyachi Bobir Akbarov va yarim himoyachi Robbim Hasanovlar “Navbahor”dagi faoliyatlarini yakunlashga qaror qilishgani oydinlashdi.

Ushbu futbolchilar bilan bog'langanimizda bu ma'lumotni tasdiqlashdi. Yangi yildan oldin esa yana bir yarim himoyachi Azim Ahmedov ham jamoa bilan xayrlashib, Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Oldingi mavsumlarda “Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilgan va boshqa klublarga o'tishga qaror qilgan Ahmedov, Akbarov va Hasanovlarning keyingi faoliyatlariga omad tilab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz