Akbar Abdurasulov: "Raqobat hamma joyda bor. "Dinamo"ni o'zim tanladim"

Iskandarov Abdulaziz
10 dek 2024, 16:10
Samarqandning "Dinamo" jamoasi kecha o'z safiga bir nechta futbolchilarni jalb qildi.

O'tgan mavsumni "Olimpik"da o'tkazgan Akbar Abdurasulov endi Vadim Abramov qo'l ostida to'p tepadi. Uning yangi jamoaga o'tishi haqidagi fikrlarini tingladik. 


"Dinamo" "Olimpik" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi


"Dinamo"ni o'zim tanladim. Fikrimcha, yaxshi qaror qabul qildim. Raqobat hamma joyda bor. Bundan qo'rqish kerak emas. Vadim Abramov yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Bu ham tanlovimda muhim rol o'ynadi. 

"Olimpik" katta tajriba va tramplin bo'ldi. Murabbiylardan ko'p narsa o'rgandim. Barchalariga rahmat aytib qolaman",- deydi Akbar Abdurasulov.



Ma'lumot uchun, futbolchi o'tgan mavsumda Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarket portali uning narxini 150 ming evroga baholagan.  


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia