Ahrol Risqullaev "EAFF E-1" musobaqasining eng yaxshi hakami deb topildi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2022
Bugun Yaponiyada Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar Janubiy Koreya terma jamoasini yirik hisobda mag'libiyatga uchratib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.

E'tiborli tomoni, bugungi final bahsini hamyurtlarimiz - Ahrol Risqullaev va Alisher Usmonov muvaffaqiyatli boshqarib borishdi. Ularga ikkinchi yordamchi hakam malayziyalik Arif Shamil hamda to'rtinchi hakam eronlik Hasan Akrami yaqindan yordam berishdi.

Quvonarlisi, musobaqa yakunida turnirning eng yaxshi hakami deb aynan Ahrol Risqullaev topildi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi nomidan Ahrol Risqullaev va Alisher Usmonovni bunday yuksak etirof bilan samimiy muborakbod etamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/uzfhm