Agent: "Lyaich "bo'rilar" safida qoladi"

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2014, 11:09
"Roma" hujumchisi Adem Lyaich klubga Xuan Iturbe kelganidan so'ng raqobatdan qo'rqib boshqa jamoaga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berildi.
"Futbolchi "Roma"da qoladi. Iturbening kelishi Adem uchun hech qanday o'zgarishni yuzaga keltirmaydi. Uning  "Roma" bilan shartnomasi bor. Ha, uni ancha vaqt "Milan" kuzatdi. "Inter"? Bu haqda hech nima bilmayman", - deydi Lyaichning agenti Fali Ramadani.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru