

Bellashuvdagi birinchi gol Gvineya termasi hujumchisi Sori Kaba hisobiga yozildi. Ikkinchi bo'lim boshida Aniset Abel muvozanatni tikladi 1:1. 55-daqiqada Andrimacinoro Madagaskarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo gvineyaliklar hujumchisi Fransua Kamano 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, uchrashuv 2:2 hisobida yakunlanishini taminladi.



