Abubakir Shukurullaev: "Eng muhim o'yinimiz edi"

Alisher Ostonov
11 noya 2025
Panamaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan Abubakir Shukurullaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eng muhim o'yinimiz edi. Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonsak, guruhdan chiqishimiz aniq bo'lardi. Ikkinchi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilibdi va biz ikkinchi o'rinni egallab, keyingi bosqichga yo'l oldik. Oldinda pley-off bahslari bor", - dedi futbolchi bugungi bugungi bahs haqida.

"Ushbu musobaqaga shunchaki ishtirok etish uchun kelmaganmiz. Men gol ursam ham, jamoaviy gol deb hisoblayman. Paragvayga qarshi o'yin yaxshi bo'ldi. Irlandiyaga esa ayrim sabablar tufayli mag'lub bo'ldik. Bugun esa yirik hisobda g'alaba qozona oldik", - dedi Shukurullaev musobaqadagi ishtiroki haqida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia