Abduqodir Husanov - YCHLning eng tezkor futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) YCHL musobaqasi guruh bosqichining eng tezkor futbolchilarini ma'lum qildi.

Unda "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov 35,8 km/s tezlik bilan Kilian Mbappe, Ugo Ekitike, Erling Holand va boshqa yulduzlarni ortda qoldirib, peshqadam bo'ldi. 

21 yoshli Husanov joriy mavsum "shaharliklar" uchun YCHLda 4 o'yinda maydonga tushdi. 

P.S. Reyting markaziy himoya, markaziy yarim himoya va markaziy hujumchi poziciyalarida to'p tepadigan futbolchilardan tuzilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CIES