70 yillarda Qarshi shahrining “Qarshistroy” futbol jamoasi safida shahrimiz va viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan ustoz futbolchi bugungi kunda 1999 yilda tug'ilgan yosh futbolchilarga ham ustozlik qilmoqda.
Kecha ushbu ustoz futbolchini 60 yoshini nishonlash uchun Qarshi shahridagi “Geolog” stadioniga juda ko'plab futbol faxriylari va ishqibozlar yig'ilishdi. Marosimda ular o'rtasida futbol musobaqasi ham bo'lib o'tdi. Ustoz futbolchini Qashqadaryo futbol federatsiyasi qoshida tashkil etilgan Viloyat futbol faxriylari va jonkuyarlari ligasi raisi Ergash aka Ishmurodov ustoz futbolchiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar topshirdi. Shuningdek Pavel Fyodorovichni Qashqadaryo futbol federatsiyasi rasmiylari ham federatsiya nomidan va barcha futbol ishqibozlari nomidan muborakbod etishdi. Yubilyarni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi faxriy futbolchilar kengashi raisi To'lagan Isoqov ham telefon orqali qizg'in tabrikladilar.
Marosimda “Nasaf” futbol klubining bosh menedjeri Shamil aka Yarulin va sport direktori Vitaliy Ni murabbiylardan Zafar Xolmurodov, Bahodir Annamatov, Vali Sultonov hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan boshqa futbol jamoalari murabbiylari ham hozir bo'lishib, Pavel Fyodorovichni tug'ilgan kuni bilan tabriklashdi.
Ha, bizda o'z vaqtida o'zbek futbolining rivojiga hissasini qo'shgan har bir inson nazardan chetda qolmasligi kerak. Ana shu anana Qashqadaryoda yaxshi yo'lga qo'yilganligi ko'rinib turibdi. Zero, ustozlarni qadrlash milliy madaniyatimizning uzilmas bir bo'lagidir. Ustozlar baxtimizga doimo sog' va omon bo'lishsin!
Biz ham saytimiz orqali barcha vohamiz futbol ishqibozlari nomidan ustoz Pavel Fyodorovich Kshinyakinni ulug' 60 yoshi bilan muborakbod etamiz, u kishiga mustahkam sog'lik va uzoq umr tilaymiz. Yoshlarimizga futbol sirlarini o'rgatishdek ezgu ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!