

Unga ko'ra, AQSH mezbonlik qiladigan bahslar kelasi yilning 20 iyunidan 14 iyuliga qadar o'tkaziladi.
Musobaqada Janubiy Amerikaning 10 ta hamda Shimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlaridan 6 ta terma jamoa qatnashadi.
Avvaliga mazkur musobaqa Ekvadorda o'tkazilishi kerak edi. Biroq mamlakat xavfsizlik bilan bog'liq muammolar sabab turnirni qabul qila olmasligini ma'lum qildi.
Shu sababli musobaqa AQSHga ko'chirildi.



