Zlatko Dalich: "Orsato o'zini katta oldi"

Mirjalol Normatov
15 dek 2022, 20:10
Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich yarim finaldagi bosh hakam Daniele Orsatoning ishi haqida gapirdi.

Bahsda xorvatiyaliklar Argentinaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bahsning 32-daqiqasida bosh hakam Xorvatiya darvozasiga penalti belgiladi va 35-daqiqada Orsato Dalichning yordamchisi Mario Manjukichni chetlatib yuborgandi.

"Manjukichni chetlatayotgan paytda Orsato o'zini katta tutdi. Uning nima deganini eshitdik. Keling, barchamiz o'z dunyomizda yashaveraylik.

O'yinda 50 ming argentinalik va 3 ming xorvatiyalik bor edi. Xorvatiyani kim finalga olib chiqadi? Bu haqda gaplashishni istamayman. Chunki biznikilar VARga halaqit qila olishmasdi", - dedi Dalich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal