Zinchenko uylandi

Alisher
7 avg 2020
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko jurnalist Vlada Sedanga uylandi.

Ma'lum bo'lishicha, juftlik o'z aloqalarini mart oyida rasmiylashtirishgan, ammo uni ommaga e'lon qilishmagan. Bu haqda futbolchining rafiqasi o'zining YouTube-kanalida ma'lum qildi.

Zinchenko va Sedan 12 mart kuni Londondagi Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida er-xotin bo'lishgan. Marosimda esa faqat futbolchining onasi ishtirok etgan. Koronavirus pandemiyasi tufayli yangi oila bayram uchun do'stlari va qarindoshlarini yig'a olishmagan.

Juftlik 24 avgust kuni Kievda to'y qilishmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: «Влада Седан»