

Tojiev: “BuxDU” yaxshi shakllangan jamoa ekan, ularning 2-3 ta o'yinlarini tahlil qilib chiqdik. “G'azalkent” tarkibi juda yosh. Ularni mana shunday kuchli o'yin va raqobat bilan katta futbolga olib chiqamiz.
- Birinchi goldan so'ng darvza ishg'ol etilgan to'pni boshqa joyga olib qo'ydingiz. Jamoa bu to'pni muzeyda saqlaydimi, shunday anana tashkil qilish niyatidamisiz?
- Rejalarimiz juda ko'p. O'yindan oldin kiyinish xonasida o'tirganimizda, yigitlar bilan agar gol ursak, to'pni esdalik uchun olib qo'yishni kelishib olgandik. Endi shu to'p “G'azalkent” jamoasining muzeyiga yo'l oladi.
- Bahsdan oldin penaltilarni kim tepishini belgilab olganmidingiz?
- Albatta, hamma narsa reja asosida bo'ladi. Penaltini Ibodullaev Ozod tepishi kerak. Bahsdan oldin hamma narsani yozib, chizib, kelishib olamiz. Bahs paytida tortishib qolish mumkin. Uchrashuvdan oldin reja tuzamiz va shu reja asosida harakatlanamiz.
- Bugun stadionda yaxshi atmosfera bo'ldi. G'azalkentdan ham tashrif buyurgan muxlislar bo'ldi…
- Futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. Jamoamiz rahbari Bo'stonliq tumani hokimi bilan birgalikda ishqibozlarni o'yinga tashrifini tashkillashtirishdi. Qo'limizdan kelganicha yordam beramiz deyishdi.
- Ikkinchi bo'limda shogirdlaringizga ko'p etiroz bildirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?
- O'yindan oldin reja tuzganmiz, hammani o'z joyi bor. Reja buzilsa o'yin izdan chiqadi. Shu sabab yigitlarga bazi ko'rsatmalar berdim.
- Kubokda Superliganing ikki jamoasi (“Lokomotiv” va “Dinamo”)ga qarshi o'ynaysiz…
- Kubok haqida to'xtaladigan bo'lsak, “Lokomotiv” juda yaxshi shakllangan jamoad. “Dinamo” o'tgan mavsum kuchli uchlik uchun kurashdi. Bu o'yinlar yigitlarimizga katta tajriba beradi. Futbolchilarimiz shunday bahslarda toblanishadi.
- “G'azalkent” faqat yosh futbolchilardan iborat. Ular qiziqqon, bazi vaziyatlarda hissiyotlarni jilovlay olishmaydi. Buning ustida ham ishlaysizlarmi?
- Shtabimizda psixolog bor. U reja asosida hammasi bilan individual ishlaydi. Ha yigitlar qiziqqon, lekin Turkiyadagi yig'inga qaraganda ular ancha bosilgan.
- “G'azalkent”ning joriy mavsumdagi minimum vazifasi qanday?
- Biz har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Durang yoki mag'lubiyatni o'ylab maydonga tushmaymiz.
- Bazida futbolchilar murabbiy ko'rsatmasidan chetga chiqib, individual mahoratini ko'rsatishiga qanday qaraysiz?
- Hujumda kreativ bo'lishi kerak. Individual mahorat ko'rsatgan futbolchini tanqid qilmaymiz. Xato qildimi, hech qisi yo'q, ammo bunday harakatlar faqat uchinchi (hujum chizig'i) zonada.

