"Yuventus" va "Inter" Otamendiga davogarlik qilishmoqda

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023
"Benfika" himoyachisi Nikolas Otamendi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchiga "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi yozda "Benfika"ni tark etish niyatida.

Otamendi 2022/23 yilgi mavsum "Benfika" tarkibida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentina terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempioni bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes