

"Yuventus" Fransishku Konseysauni "Portu"dan o'z safiga qo'shib oldi.
Turin klubi 22 yoshli vingerning to'liq transferini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzdilar.
Bitim summasi 30,4 million evroni tashkil etib, to'lov 4 yil mobaynida to'liq amalga oshiriladi. Shuningdek, turinliklar 1,6 million evro miqdorida qo'shimcha xarajat qilishdi.
Konseysau 2024/25-yilgi mavsumda "Yuve" safida ijara asosida to'p surgan edi.



