Yusuf Akchichek - "Manchester Yunayted"ning yangi maqsadi

Administrator
26 mar 2025
"Manchester Yunayted"ning yozgi xaridlaridan biri "Fenerbaxche"ning turkiyalik himoyachisi Yusuf Akchichek bo'lishi mumkin.

Qayd etilishicha, ingliz grandi bosslari Leni Yoro va Lisandro Martinesning uzoq muddatli jarohatlari tufayli yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizil iblislar"ga Akchichek uchun kurashda "Tottenxem", "Bavariya", "Atletiko", "Napoli" va "RB Leyptsig" raqib bo'lishga tayyor.

Yusuf Akchichek "Fenerbaxche" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi turk klubi safida jami 20 ta o'yin o'tkazib, ularda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan. Transfermarkt turkni 5,5 mln evroga baholamoqda.


AdministratorMuallif
Manba: Fanatik