Yomg'irda qolgan muxlis

Xayrulla Xoliqov
27 mar 2022
24 mart kuni Ayollar oliy ligasining navbatdagi mavsumiga start berildi.

Shu kuni TTYMI stadionida "Paxtakor-W"ni qabul qilgan "Lokomotiv-W" qizlar jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning 74-daqiqasida Mahliyo Nazarqulova tomonidan kiritilgan gol "temiryo'lchilar"ga ilk uch ochkoni taqdim etdi. 

Shu kuni ham tinmay yomg'ir yog'di. Lekin o'yinni ko'rishga kelgan futbol muxlisining holati fotosuratchimiz nigohidan qochmadi. Haqiqiy ishqiboz shunaqa bo'ladi deb bejizga aytishmasa kerak.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia