Yoan Kabay futbolchilik faoliyatini yakunladi

Alisher
20 fev 2021
Francuz butsalarini mixga ildi.

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Yoan Kabay futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

35 yoshli francuz o'z vaqtida "Lill", "Nyukasl", PSJ, "Kristal Pelas", "Al Nasr" va "Sent-Eten" klublari sharafini himoya qilgan.

Kabay faoliyati davomida 3 bor Fransiya chempioni, ikki bor Fransiya Kubogi va ikki bor Liga Kubogi g'olibiga aylangan.


AlisherMuallif
Manba: skysports.com