Yaponiya ligasida duranglar bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026
Yaponiyaning Jey-Ligasida 2026 yilgi mavsum uchun yangi qoida tasdiqlandi.

Yaponiya professional Jey-Ligasi (J1 League) rahbariyati mahalliy futbolning 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada durang natijalar bekor qilinganini rasman e'lon qildi.

Yangi qoidalarga ko'ra, penaltilar seriyasi g'olibi ikki ochko oladi, mag'lub bo'lgan jamoa esa bir ochkoga ega bo'ladi. Shu bilan birga, asosiy tizim o'zgarmaydi: asosiy vaqtdagi g'alaba uchun uch ochko, mag'lubiyat uchun nol ochko beriladi.

Tashabbus Yaponiya ligasining 100 yilligi munosabati bilan maqullangan. Takidlanishicha, ushbu yangilik faqat 2026 yilgi o'tish mavsumida amal qiladi - taqvim islohoti yakunlangach, qoida bekor qilinishi rejalashtirilgan.

O'zgarishlar Jey-Liganing Yevropa modeliga o'tishi bilan bog'liq. Yozdan keyin chempionat avgustda start oladi va may yoki iyungacha davom etadi. Transfer oynasi ham Yevropa bilan uyg'unlashtiriladi - iyuldan sentyabrgacha va yanvar oyida.

Yangi format allaqachon "Kioto Sanga" va "Vissel Kobe" o'rtasidagi uchrashuvda sinovdan o'tkazildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, shundan so'ng jamoalar penaltilar seriyasiga o'tdi va unda "Kobe" futbolchilari ustun keldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS